O'zbekiston sotuv bo'limlari uchun CRM

Birorta lid
yo'qolmaydi.

Reklama, jadval va qo'ng'iroqlardan kelgan har bir mijoz avtomatik ravishda kerakli menejerga tushadi. Butun sotuv bitta oynada ko'rinadi.

Karta shart emas · 7 kun cheklovsiz
7 kun

cheklovsiz bepul sinov

4 til

o'zbek (lotin, kirill), rus, ingliz

1:1

har kompaniyaga alohida baza

77 000 so'm

bir o'rin uchun oyiga eng past narx

Qanday ishlaydi

Lid kelgan joyidan menejergacha o'z yo'li bilan boradi

Hech kim jadvalni qo'lda tekshirib o'tirmaydi. Tizim lidni qabul qiladi, tekshiradi va navbatdagi menejerga beradi.

Meta Lead Ads
Google Sheets
Sayt formasi
Utel qo'ng'iroqlari
HunterCRM
  • Telefon raqami tozalanadi
  • Takror lid aniqlanadi
  • Qoida bilan taqsimlanadi
1Menejer 114 lid
2Menejer 211 lid
3Menejer 313 lid
  1. 1

    Manbalarni ulang

    Facebook va Instagram formalari, Google jadvali, sayt formasi va Utel telefoniyasi.

  2. 2

    Qoidani tanlang

    Navbat bilan, eng kam band menejerga yoki qo'lda. Har bir voronkaga alohida.

  3. 3

    Sotuvni yoping

    Menejer lidni oladi, qo'ng'iroq qiladi, vazifa qo'yadi va bosqichma-bosqich olib boradi.

Imkoniyatlar

Sotuv uchun kerak narsa, ortiqchasi yo'q

Biznesingizga mos voronka

Sohangizni tanlang, tayyor bosqichlar bilan boshlang. Keyin nomini, tartibini va sonini o'zingiz o'zgartirasiz.

Brauzerdan qo'ng'iroq

Lid kartochkasidan bir bosishda qo'ng'iroq. Suhbat yozuvi lid tarixida saqlanadi.

Vazifalar va eslatmalar

Keyingi qadam unutilmaydi: har bir lidga muddatli vazifa.

Aniq hisobotlar

Kim qancha sotgan, qaysi manba ishlayapti, nechta qo'ng'iroq javobsiz qolgan.

Telegram yordamchisi

Xodimlar yangi lid va vazifa haqida xabar oladi, ertalab esa kunlik hisobot keladi.

Xavfsizlik

Mijozlar bazangiz faqat sizniki

HunterCRM'da kompaniyalar bitta jadvalda aralashib yotmaydi: har biriga alohida ma'lumotlar bazasi va alohida manzil ochiladi.

  • Alohida bazaHar bir kompaniya uchun o'z bazasi va o'z subdomeni.
  • Ikki bosqichli kirishAdmin va ROP uchun majburiy.
  • Audit jurnaliMuhim amallar kim va qachon bajarganini ko'rsatadi.

Kim nimani ko'radi

AdminButun kompaniya
ROPO'z bo'limlari
TeamleaderO'z jamoasi
Sotuv menejeriFaqat o'z lidlari

Cheklov tugmani yashirish bilan emas, bazaga so'rov darajasida ishlaydi.

Narxlar

Narx menejerlar soniga qarab tushadi

Yashirin to'lov yo'q, tariflar ham yo'q: barcha imkoniyatlar hammaga ochiq.

Jami, oyiga528 000 so'm
o'rin uchun, oyiga88 000 so'm

Yana 4 ta o'rin qo'shsangiz, har biri 77 000 so'm bo'ladi

Narxga kiradi

  • Cheksiz lidlar va voronkalar
  • Meta, Google Sheets, sayt formasi
  • Telefoniya va qo'ng'iroq yozuvlarini ulash imkoniyati
  • Hisobotlar, vazifalar, Telegram bot
  • Admin uchun o'rin kerak emas
7 kun bepul sinab ko'rish To'lov Payme yoki Click orqali

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Sinov uchun karta kerakmi?

Yo'q. Ro'yxatdan o'tasiz, kompaniya ochasiz va 7 kun barcha imkoniyatlardan cheklovsiz foydalanasiz.

Sinov tugagach nima bo'ladi?

Kompaniya muzlatiladi: ma'lumotlar saqlanib qoladi, lekin faqat ko'rish mumkin. To'lovdan keyin hammasi qayta ochiladi.

O'rin nima va kim uchun to'lanadi?

O'rin ROP, Teamleader va sotuv menejeri uchun olinadi. Admin o'rin egallamaydi. Narx butun hajmga qo'llanadi: 6 ta o'rin 6 × 88 000 so'm.

O'rinlar sonini o'zgartirsam-chi?

Oy o'rtasida qo'shsangiz, faqat qolgan kunlar uchun hisoblanadi. Kamaytirish keyingi davrdan kuchga kiradi.

Qaysi manbalarni ulash mumkin?

Meta Lead Ads (Facebook, Instagram), Google Sheets, sayt formasi va Utel qo'ng'iroqlari. Google jadvali soatiga bir marta sinxronlanadi.

Telegram orqali lid keladimi?

Telegram bot xodimlar uchun: yangi lid, vazifa muddati va kunlik hisobot haqida xabar beradi. Lid manbasi sifatida ishlamaydi.

Keyingi lid yo'qolmasin

Kompaniyangizni oching va bugunoq jamoa bilan ishlashni boshlang.

HunterCRM: sotuv bo'limi uchun CRM